2023 yil 12 oktyabr kunidan boshlab, 105-sonli “Sergeli mavzesi - Karvon bozori” avtobus yo`nalishi harakati Karvon bozori bekatidan Chilonzor buyum bozori bekatigacha qisqartiriladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat” Axborot xizmati xabar berdi.
Qisqartirishdan so`ng 105-sonli yo`nalish “Sergeli mavzesi – Chilonzor buyum bozori” oralig`ida harakatlanadi.
105-sonli yo`nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo`lovchilar Karvon bozori bekatigacha etib olish uchun 31, 59, 73, 121 va 147-sonli avtobus yo`nalishlari xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjudligini ma`lum qilamiz.






