“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ertalab kuchli bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° bo`ladi.






