Repost.uz jurnalisti Violetta Mustafinaga tahdid qilinayotgani xabar qilindi.
Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi jurnalist bilan bog`liq vaziyatdan xavotirlanmoqda.
“Jurnalistga bloger Amirxon Shamsiddinov tomonidan bildirilgan tahdidlar va haqoratlar, shuningdek, uning shaxsiy fotosuratlarini haqoratli sharhlar bilan tarqatish mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo`lmagan harakatlardir.
Zo`ravonlik va hurmasizlikning bunday ko`rinishlari qat`iy qonuniy javobgarlikka tortilishi kerak.
Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O`zbekistonda matbuot erkinligi va jurnalistlarning xavfsizligi kafolatlanishi kerakligini ta`kidlaydi.
Mass-media fondi ushbu vaziyatni kuzatib boradi va jurnalistlarning so`z erkinligi va xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan sa`y-harakatlarini davom ettiradi”, -deyiladi Fond munosabatida.






