AsosiyJamiyat

“Yallama” chegara postida 20 kg “geroin” ushlab qolindi (video)

'“Yallama” chegara postida 20 kg “geroin” ushlab qolindi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo`shinlari bilan hamkorlikda “Yallama” chegara bojxona posti orqali O`zbekistondan chiqib ketayotgan fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Mercedes- Benz” avtotransport vositasi yukxonasining tag qismi xufiya bo`lmalarida 36 dona usti skotch bilan o`ralgan o`ramlar borligi fosh bo`lgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, salkam 20 kg. og`irlikdagi “geroin” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar