O`zbekiston tarixida ikkinchi bor tashkil etilgan mazkur turnir respublikaning barcha hududidagi o`qituvchilarni qamrab oldi. Turnir tashkilotchilari Mass-mediani qo`llab quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi va “Zakovat intellektual klubi” NNT.
Turnir nizomiga ko`ra, turnir ikki (saralash va respublika) bosqichda o`tkazildi.
Turnirning saralash bosqichi 24 sentyabr kuni respublikaning 14 ta hududida bir vaqtda o`tkazilib, unda jami 605 jamoa, 4235 nafar o`qituvchi qatnashdi. Saralash yakunida barcha hududdan jami 46 ta jamoa turnirning respublika bosqichiga yo`llanma oldi.
Respublika bosqichiga yo`l olgan jamoalar soni ta`lim muassasalari kesimida quyidagicha bo`ldi:
33 ta maktab jamoalari;
10 ta oliy ta`lim muassasasi jamoalari;
3 ta o`rta-maxsus va professional ta`lim muassasasi jamoalari.
Turnirning respublika bosqichi 46 ta jamoa ishtirokida 8 oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Zakovat arena” binosida o`tkazildi.
Respublika bosqichi o`yini har biri 12 ta savoldan to`rtta turda (jami 48 ta savol bilan) o`tkazildi.
Keskin kurashlar ostida kechgan o`yinda quyidagi jamoalar sovrinli o`rinlarni egalladi:
1-o`rin: Sodiq scholl nodavlat ta`lim muassasasi
2-o`rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
3-o`rin: Farg`ona davlat universiteti
G`olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o`rin - 100 mln so`m;
2-o`rin - 60 mln so`m;
3-o`rin - 40 mln so`m.
Shuningdek, g`olib jamoalarga maxsus tayyorlangan medallar topshirildi.
Turnir ishtirokchisi sifatida hududlardan Toshkent shahriga kelgan o`qituvchilarning transport, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qoplandi.
08.10.2023 20:51
Toshkentda o`qituvchilar o`rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichi o`tkazildi
