9-11 oktyabrda O`zbekiston hududining katta qismida quruq va o`rtacha iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan kechalari 11-16 gradus, kunduz kunlari 25-30 gradus bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, 11 oktyabrda respublikamizning shimoli-g`arbiy hududlariga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda shamol tezligi kuchayadi. Havo harorati 12-17 gradusgacha pasayadi.
12-13 oktyabr kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelishi O`zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 12 oktyabrda, shuningdek, 13 oktyabrda kechasi va ertalab respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. 13 oktyabrda kunduzi faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`ishi saqlanib turadi. Shamol tezligi ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 6-11 gacha, shimolda 2-7o iliqgacha, kunduz kunlari 12-17 gacha pasayadi.
Respublikaning tog`li hududlarida 12-13 oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, ba`zi joylarda qorga aylanadi) bo`ladi.
Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi.
Toshkentda: havo o`zgarib turadi, 9-11 oktyabr kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi, 12 oktyabrda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, 13 oktyabrda kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi.
Harorat: 9 oktyabrda 25-27 gradus, 10-11 oktyabrda kechasi 12-15, kunduzi 27-29, 12 oktyabrda kechasi 14-16, kunduzi 24-26, 13 oktyabrda kechasi 6-9, kunduzi 12-15 gradus bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.






