“O`zbekkonsert”ning 9 oylik faoliyati yakunlariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekkonsert” xabar bermoqda.
O`zbekiston Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida o`tgan tanqidiy ruhdagi yigilishda Muassasaning o`tgan to`qqiz oylik faoliyati tahlil qilinib, amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Yigilish avvalida Bahodir Ahmedov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Muassasa rahbari vazifasini bajarib kelgan Davron Sheralievning vazifasidan ozod etilganini bildirildi. Shu paytga qadar direktorning ijodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Erdanov Sanjar “O`zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Joriy yilning yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishishlari zarurligi bildirilib, o`zgarish bo`lmasa, vazifasidan ozod etilishlari takidlandi.
09.10.2023 14:25
Davron Sheraliev “O`zbekkonsert” direktori vazifasidan ozod etildi






