Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmasevtika mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida "Dorilar va farmasevtika faoliyat haqida" Qonuniga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizasiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirilishiga bo`lgan urinishlar hali ham uchrab turibdi.
O`zbekistonga o`tish uchun “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida “KAPTIVA” rusumli bo`lgan engil mashina bojxona ko`rigidan o`tkazganida ruxsat beruvchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan qiymati 305 mln so`mlik 3 050 dona “Yunona Bio T” nomli tibbiyot vositalar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.






