AsosiyJamiyat

Toshkentda metro yana to`xtab qoldi

'Toshkentda metro yana to`xtab qoldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Milliy bog` bekatidagi poezd buzilib qoldi" mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. 

Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni rasmiy ma`lumot berdi. 

Ma`lumotda qayd etilishicha, joriy yilning 10 oktyabr sanasida soat 17:12 larda Chilonzor yo`nalishining Milliy bog`-Novza peregoni estakasida harakatlanayotgan 29-sonli harakat tarkibida yo`lovchilar oqimi ko`p bo`lgani bois texnik nosozlik holati kuzatilgan. Ushbu harakat tarkibi 12 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan. Mashinist tomonidan o`rnatilgan tartibda ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida poezd harakati qayta yo`lga qo`yilgan.

Hozirgi vaqtda yo`nalishda poezdlar belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar