AsosiyJamiyat

Toshkentda ayrim avtobus yo`nalishlari o`zgartirildi

'Toshkentda ayrim avtobus yo`nalishlari o`zgartirildi'ning rasmi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi ikkita avtobusning yo`nalishiga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Xususan, O`zbekiston prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, 2023 yil 16-oktyabr kunidan boshlab, 89-sonli “Qorasuv 1-mavzesi — Chorsu savdo markazi” avtobus yo`nalishi harakati Chorsu savdo markazi bekatidan Paxtakor metrosi AShBgacha qisqartiriladi. Qisqartirishdan so`ng 89-sonli yo`nalish “Qorasuv 1-mavzesi — Paxtakor metrosi” oralig`ida harakatlanadi.

89-sonli yo`nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo`lovchilar Chorsu savdo markazicha etib olish uchun Paxtakor metrosi bekatidan 53, 64, 65-sonli avtobus yo`nalishlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, 16-oktyabr kunidan boshlab, 14-sonli “TTZ bozori — Toshkent vokzali” avtobus yo`nalishi harakati Yuzrabot ko`chasi bo`ylab TTZ avtoshohbekatigacha uzaytiriladi. Uzaytirishdan so`ng 14-sonli yo`nalish TTZ bozorigacha harakatlanmasdan, “TTZ avtoshohbekati — Toshkent vokzali” oralig`ida harakatlanadi.

14-sonli yo`nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo`lovchilar TTZ bozori bekatigacha etib olish uchun 17-sonli avtobus yo`nalishi xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud.

    Boshqa yangiliklar