1

Zangiotada ayol sobiq eri tomonidan 5 soat davomida ayovsiz kaltaklandi (video)

Jinoyat 12.10.2023, 10:24
Zangiotada ayol sobiq eri tomonidan 5 soat davomida ayovsiz kaltaklandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida erkak 5 soat davomida xotinini kaltaklab, o`ldirishga uringani aytilgan xabarlar tarqaldi. Oila va xotin-qizlar qo`mitasi holatga munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 8 oktyabr kuni B.Sh. ismli erkak sobiq ayolini xonaga qamab, ovozi qo`shnilarga eshitilmasligi uchun televizor va radioning ovozini balandlatgan holda ayovsiz kaltaklagan. Og`ir oqibatlarga olib keluvchi zarbalardan xushini yo`qotgan ayolni dugonasining qo`ng`irog`i qutqarib qolgan. Keyinchalik B.Sh. kimdir uyga kelib qolishidan cho`chigan holda ayolni shifoxonaga olib borib, “agar kimgadir churq etsang seni ham otang kabi o`ldirib yuboraman”, deya qo`rqitgan. Shundan so`ng, ayol tibbiy tekshiruvlardan ham yolg`iz o`zi o`tgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, ular 2017 yilda oila qurgan va doimiy janjallar tufayli 2019 yilda qonuniy ajrashgan. Ayol bir nafar farzandi bilan uysiz qolgan va huquqshunoslarning maslahati bilan yana sobiq erining uyiga qaytib borgan.  

Zangiota tumani “Xo`jamozor” mahallasida yashovchi fuqaro bilan bog`liq holat Oila va xotin-qizlar qo`mitasining hududiy boshqarmalari boshliqlari — Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Nodira Umarova va viloyat hokimi o`rinbosari Zuhra Mirgazievalar tomonidan o`rganildi. Ayol bilan suhbatlashildi.  

Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda zo`ravonga nisbatan qonuniy jazo qo`llash va ayolni sog`lig`i to`liq tiklanib ketishi, tegishli barcha davolash ishlarining amalga oshirilishini mas`ullar tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1