1

Toshkentning markaziy tumanlaridan birida bino quladi. Qurbonlar bor

Jamiyat 27.10.2016, 09:34
Teglar: Fojia, Toshkent
Toshkentning markaziy tumanlaridan birida bino quladi. Qurbonlar bor

2016 yil 26 oktyabr kuni 11:30 larda Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Farobiy ko`chasidagi qurilish ishlari olib borilayotgan 393b-sonli bino konstruksiyalarining to`satdan qulashi sodir bo`lgan.

Ushbu favqulodda vaziyat oqibatida 3 kishi halok bo`lgan va 2 kishi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, deya xabar beradi Faqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, favqulodda vaziyat sodir bo`lishiga qurilish me`yor-qoidalarining buzilishi sabab bo`lgan.

FVV qutqaruv bo`linmalari tomonidan bino vayronalari ostidan 2 kishi qutqarib olingan va halok bo`lganlarning jasadi olib chiqilgan.

Qulash sodir bo`lgan joyda FVV, IIV YoXB va Toshkent shahar hokimligining kuch va vositalari tomonidan vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyat o`chog`i Toshkent shahar IIBB kuch va vositalari tomonidan o`rab olingan hamda olib borilayotgan ishlar xavfsizligi ta`minlangan.

Yuzaga kelgan holat yuzasidan Shayxontoxur tumani IIB va Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1