1

Xorazmda ona 2 yoshli bolasini urib, o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 16.10.2023, 20:36
Xorazmda ona 2 yoshli bolasini urib, o`ldirib qo`ydi

Xivada 2021 yil 30 sentyabr kuni ikki yoshli Shahruza Erjanova vafot etadi.

Ma`lum qilinishicha, sud-tibbiy ekspertizasi 2021 yilning 26 oktyabrida xulosa bergan. Unga ko`ra qizcha «bosh miya yopiq jarohati, bosh miya qattiq pardasi ensa sohasi ostiga qon quyilishi, ko`krak qafasi, qorin bo`shlig`i va qorin parda a`zolari yopiq jarohati, diafragma, jigarni katta va kichik bo`laklari birikish joyi, o`t xaltasi osti, o`t yo`llari atrofi va 12 barmoq tashqi devori hamda ichak tutqichlariga, ingichka ichakni ayrim qismlari sirroz qavatiga, oshqozon osti bezi, ikkala buyrak atrof to`qimasi atrofiga, chap buyrak yuqori qismi pardasi ostiga qon quyilishlari, boshini peshona sohasi yuzalarini, chap ko`z tashqi burchagi, iyak va pastki jag` chap tomon burchagi sohasini, ikkala quloq suprasini orqa yuzasi bo`ynini, ko`krak qafasi, qornini oldingi devori, o`ng va chap elka, o`ng qo`l kafti 3–barmog`i, tashqi jinsiy a`zolari, belini, o`ng va chap dumbalari, dumg`aza sohasi, o`ng son chanoq bo`g`imini qontalash jarohati, qon ketishdan keyingi shok, bosh miya va o`pkalar shishishi asoratlari oqibatida kelib chiqqan o`tkir yurak, nafas, buyraklar, jigar etishmovchiligi»dan vafot etgan.

Ammo, Xiva tuman prokuraturasi 2021 yil 29 oktyabr kuni qizaloqning o`limiga «o`tkir respirator kasallik, oshqozon-ichak faoliyati buzilishi, talvasa sindromi, kamqonlikning og`ir darajasi, tutqanoq kasalligi va boshqa dalillar» sabab bo`lganligini ko`rsatib, jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish to`g`risida qaror qabul qiladi.

Shu yilning 12 sentyabr kuni Xiva tuman prokuraturasining Shahruzaning o`limi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish to`g`risidagi qarorini Xorazm viloyat prokuraturasi bekor qilib, qayta qo`shimcha surishtiruv boshlaydi.

Surishtiruvlar davomida 2021 yilning 29 sentyabrida Shahruzaning onasi, Shohista Erjanova turmush o`rtog`i va qaynonasining bolaga nisbatan bildirgan e`tiroz va haqoratlaridan asabi buzilib, jahl ustida qizini o`qlov bilan urib, bolaga jarohatlar etkazib, uni yotoqxonasiga olib kirib, uxlatib, ustidan eshikni qulflab, o`zi paxta terimiga chiqib ketib, bolani qarovsiz qolidirgani aniqlangan.

Bundan tashqari, qo`shnilar guvohlik berishicha, Shohista oiladagi turli kelishmovchiliklar sabab g`azabini farzandi Shahruzaga ko`rsatib, uni doimiy ravishda kaltaklab kelgan.

Hozirda Shohista Erjanova qo`lga olingan, tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Айнура 17.10.2023, 13:41
Бу иш буйича уз фарзандини котилига тегишли жазо кулланилса, ишни ёпиб куйган туман прокуратурасигаям чора курилиши керак. Бола улиб 2 йил утгандан кн кайтадан иш уурилиб аникланяпти. Кани конун? Кани адолат?
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1