Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug`i bilan, Abduqayumov Abdumannop Abdumadjitovich Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
A. Abduqayumov tayinlovga qadar, 2014 yildan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari bo`yicha o`rinbosari — bosh vrachi sifatida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.