AsosiyJamiyat

“Bunga pul bilan erishib bo`lmaydi”

'“Bunga pul bilan erishib bo`lmaydi”'ning rasmi

Avva xabar berganimizdek Samarqandda bo`lib o`tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida Samarqandga “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” maqomini berish to`g`risida deklarasiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to`g`risida bitim qabul qilindi.

Xo`sh, ushbu deklarasiyaning ahamiyati nimada, u Samarqandga nima beradi? Ushbu savolga Turizm qo`mitasi eksperti Timur Mirzaev javob berdi.

“Butun dunyoni 190 ga yaqin mamlakatini birlashtiradigan YuNVTO tashkiloti, barcha vazirlar bilan barchasini siyosati haqida xabardor bo`ladi. Har bir hujjatini nazorat qiladi. Kimga turizm poytaxtini beryapti, deb albatta qiziqib ko`radi. Bitta shu faktning o`zi, ya`ni “Samarqand” so`zining butun dunyodagi turizm ekspertlarning qulog`ida yangrashining o`zi biz pul bilan qilolmaydigan narsa.

Tasavvur qiling, biz reklama qilsak, rolik qilsak, ma`lum miqdor pul sarflab qaysidir OAVda e`lon qiladigan bo`lsak bir million, ikki million balki o`n million auditoriya ko`rar. Bu erda butun dunyoning Turizm Administrasiyalari va turizm sohasida dunyoning madaniy poytaxti Rim emas, London emas, Pekin emas, Venesiya emas, Deli emas, O`zbekistondagi Samarqand, degan so`zning o`zi birinchi o`rinda e`tirof. Ikkinchi o`rinda bu e`tirofga erishishning qiyinligi. Chunki erishish uchun O`zbekiston infrotuzilma uchun milliardlab pul tikkan bo`lishi kerakmi, vizga yuzga yaqin mamlakatga vizasiz rejimni joriy qilish kerakmi, yuzdan ortiq shaharlarga reys bo`lgan bo`lishi kerakmi? Ya`ni, o`z-o`zidan tushuniladi-ki, shu ishalrni qilgan, demak Samarqand butun dunyoda e`tirof etilyapti, degan fikr bo`ladi”.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar