AsosiyJinoyat

Namanganda PUBG akkaunti sotib olmoqchi bo`lgan yigit 17 millionga chuv tushdi

'Namanganda PUBG akkaunti sotib olmoqchi bo`lgan yigit 17 millionga chuv tushdi'ning rasmi

Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 21 yoshli T.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 17 mln 315 ming so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Samarqand tumanida yashovchi 21 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko`ra, A.I., jabrlanuvchi T.I. bilan Telegram messenjerining “monstersavdo” nomli kanali orqali tanishib, unga go`yoki kuchaytirilgan “PUBG” akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, o`zining foydalanuvida bo`lgan bank kartasiga oldindan 17 mln 315 ming so`m miqdoridagi pul mablag`larini o`tkazdirib olgan.

Shundan so`ng o`zaro kelishmovchilik tufayli 12 mln so`m pullarini qaytargan, qolgan qismini qaytarmasdan turli bahonalar qilib, yozishmalarni o`chirib yuborib, pullarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, A.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar