Avvalroq, xorazmlik ayol Hajga borib, do`konlardan tilla o`g`irlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Tuhmat qilgan ayol sudlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik ayol M.M. tanishining oilaviy tushgan suratini boshqa bir tanishiga jo`natib, bu ayol Haj safarida barcha namoz o`qiyotgan vaqtda o`g`irlik qilgani haqida ovozli xabar jo`natadi. Va tez suratlarda internet tarmog`ida tarqalib ketadi.
Voqeadan xabar topgan jabrlanuvchi holat yuzasidan sudga ariza beradi.
Xorazmda bo`lib o`tgan sudda sudlanuvchining aybiga iqrorligi, oilaviy ahvoli va asosiysi jabrlanuvchi tomon uni kechirganligi inobatga olinib, sudlanuvchiga 6 oyga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanadi.
Batafsil quyidagi videoda ko`rishingiz mumkin:






