Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (“Dendropark”) er maydonlari mutaxassislar ishtirokida ko`zdan kechirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura ma`lum qildi.
Natijada daraxtlarni nobud qilish, er ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog`liq ko`plab holatlar aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 198 (Ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






