Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda tuman ETK korxonasi muhandisi A.N. va fuqaro Z.J. tadbirkor A.A.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasining elektr ta`minotidan 35,9 mln so`m qarzdorligini kamaytirib berish evaziga 15 mln so`mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.