Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo`jaligi vazirligining yangi rahbari bo`lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma`lumotni Darakchi.uz manbasi tasdikladi.
Sal avvalroq, Qishloq xo`jaligi vaziri Voitov Aziz Botirovich lavozimidan ozod etilgani, o`rniga Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev o`tirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq mazkur xabarlar viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan rad etildi.






