O`tgan oyda 2,8 mlndan ortiq iste`molchilar tomonidan 146,3 mlrd so`m keshbek yig`ilgan. Shundan 2,2 mlndan ortiq iste`molchiga ayni paytda 100 mlrd so`mga yaqin keshbek to`lab berildi. Bu haqda Soliq qo`mitasi xabar berdi.
"Ushbu iste`molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o`tkazib olishi mumkin",–deyiladi xabarda.
Ma`lum qilinishicha, kamchiliklar bartaraf etilgani hisobiga bugun yana 2 mlrd so`mga yaqin keshbek to`lab beriladi.
Keshbek joriy etilgandan boshlab iste`molchilarga to`langan keshbek summasi 1,7 trln so`mdan oshdi.
Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.






