Elektr ta`minotidagi uzilishlar sababli shaharning to`rtta tumanida issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent " kompanisi xabar berdi.
"Elektr ta`minoti favqulodda to`xtatilishi munosabati bilan bugun, 25 oktyabr kuni "Toshkent issiqlik markazi" MChJ ning 4-IM qozonxonasi (bizning asosiy issiqlik energiyasi etkazib beruvchimiz) ishlayotgan hududda issiq suv ta`minoti to`xtatiladi.
Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod va Mirzo-Ulug`bek tumanlarining 4-IM qozonxona faoliyat yurituvchi hududida joylashgan ayrim joylari (jami 892 ta ob`ekt) faoliyati to`xtatiladi.
Issiq suv ta`minoti elektr tarmog`idagi avariyaviy ishlar tugallangandan so`ng tiklanadi", deyiladi xabarda.






