Mamlakatmizda ko`p yillar davomida IT yunalishi rivojlantirishiga kam e`tibor berilganligiga qaramasdan, so`nggi yillarda ushbu soxa sezilarli darajada o`zgardi. Uzbekistonda IT sohasi jaddal suratlarda rivojlanishida 2017 yilda tashkil etilgan IT-Parkning roli katta. Aloxida ta`kidlab utib joizki, IT Park davlatimiz raxbari Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan. Shubxasiz aytish mumkinki, IT Park – ushbu sohaning lokomotivi.
IT yo`nalishi iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning eng qisqa va samarali yo`li hisoblanadi. IT sohasining mukammalligi bu inson kapitali bo`lib, odamlar tufayli O`zbekiston texnologik davlatga aylanmokda.
IT – 7 yil avval bu soha O`zbekiston uchun deyarli begona edi. Qisqa paytda tarmoq noldan barpo etildi. Natijida IT – Yangi O`zbekistonning top drayver tarmoqlari qatoridan joy oldi. Xorijiy davlatlar uchun esa mamlakatimiz jozibador lokasiyaga aylandi. Tarmoq arifmetik progressiyada o`sdi.
2017 yilda IT kompaniyalar soni 147 ta edi, IT Park tashkil etilishi natijasida mamalakatda IT kompaniyalar soni oshib, bugungi kunda IT Park rezidentlari soni 1500taga yaqin. Ular orasida Mohirdev, TASS Vision, MAAB Innovation, Green White Solutions, G-core, Modme, Aliftech kabi taniqli kompaniyalarni misol sifatida keltirish mumkin.
Taqdim etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari tufayli IT Park rezidentlari qo`shimcha ish o`rinlarini yaratib, mamlakatimizda IT-mutaxassislar sonini ko`paytirishmoqda. Bugungi kunga kelib, IT-park rezidentlari tomonidan ish bilan ta`minlanganlar soni 22,5 ming nafarga etkazildi. Ular hozirda Revotech iTransition, Datasite, iTechArt kabi taniqli kompaniyalarda ish olib borishyapti.
Mamlakat o`z salohiyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda davom etmoqda va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish uchun ko`proq imkoniyatlar yaratmoqda.
Bir kator imtiyozlar qo`llanilishi natijasida IT-Park rezidentlari orasida xorijiy kompaniyalar sonini keskin ko`paytirishga yunaltirilgan.
Jumladan, IT-park rezidentlarining xorijiy ta`sischilari (ishtirokchilari) va chet ellik mutaxassislariga dividendlar va ish haqi to`lovlarini chet el valyutasida xalqaro to`lov kartalariga o`tkazish orqali amalga oshirish huquqi berildi;
IT-sohasidagi mutaxassislar, investorlar, shuningdek, IT-Park rezidentlarining xorijiy ta`sischilari uchun uch yilgacha bo`lgan muddatga amal qiladigan IT-viza joriy etildi.
IT-kompaniyalarni tashkil etish hamda ularni IT-Park rezidenti sifatida ro`yxatdan o`tkazish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida “TashRush” dasturi joriy qilindi va ushbu Dastur doirasida “yagona darcha” (one stop shop) tamoyili asosida xizmatlar ko`rsatish tartibi yo`lga qo`yildi.TashRush dasturi doirasida IT Park chet ellik IT mutaxassislarga ko`chib o`tgandan keyin moslashishga, shuningdek, rezident kompaniyalarga ishga joylashishga yordam beradi. Bu orqali IT-kompaniyalar “yagona darcha” tamoyili bo`yicha yuridik shaxsni ro`yxatdan o`tkazishi, ofis topishi va xodimlarni tanlashi mumkin.
Natija samarali: 7 yil avval mavjud 4 ta chet el kompaniyasi bugun 221 taga ko`paydi. Bularga, Epam Systems, Exadel, Dyninno, East Games, AMC Bridg, Vention va Qulix kabi taniqli kompaniyalarni misol sifatida keltirish mumkin.
Umumiy xisobda, IT Park rezidentlari tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar hajmi 2017 yilda 179,9 mlrd so`mni tashkil qilgan bo`lsa, 2022 yil yakuni bo`yicha 32,2 barobarga ortib, 5,8 trln so`mga, eksport hajmi esa 2017 yilda 700 mingdollarni tashkil etgan va 201 barobarga o`sib, 2022 yilda 140,9 mln dollarga etkazildi. Eksportyor korxonalar soni 3barobarga (316 ta) oshdi.
IT Park rezidentlari eksportining asosiy yunalishlari katorida – AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur va MDHdavlatri joy olgan.
Respublika bo`ylab IT Parkning jami 12 ta hududiy filiali, shuningdek, AQSh va Germaniyada IT Park vakolatxonalari tashkil qilindi.
2021 yildan boshlab IT-Park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari 4 dan 18gacha kengaytirilgan. Xususan, bugungi kunga qadar robototexnika, ma`lumotlarni qayta ishlash, IT-autsorsing xizmat ko`rsatish, venchur moliyalashtirish hamda akselerasiya dasturlarini amalga oshirish, dasturiy ta`minotdan foydalangan holda multimedia, dizayn, multiplikasiya mahsulotlarini ishlab chiqish xizmat kursatish korxonalar huquqiga ega bo`lishdi.
Shu bilan birga, bugungi kunga qadar IT-Parkning startap-loyihalarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan inkubasiya va akselerasiya dasturlarini muvafaqqiyatli yakunlagan 113 ta istiqbolli startap-loyiha jami 82,8mlrd.so`mdan ortiq miqdorda moliyalashtirildi.