Bugun, 30 oktyabr tongidan Toshkentdagi qator avtosalonlar ommabop mashinalar uchun shartnoma berish boshlanishi haqidagi xabarlar sabab odamlar bilan to`lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta avtosalonlarda tirbandliklar va uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelgani aks etgan videolar tarqaldi.
"UzAuto Motors" vaziyatga oydinlik kiritib, 30 oktyabrdan ommabop modellarga shartnoma berish boshlanmaganini ma`lum qildi.
“Bugun bir qancha avtoixlosmandlar avtomobillar uchun kontraktasiya boshlanganligi to`g`risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga kelishgani sababli dilerliklarda katta navbatlar yuzaga keldi. Sotuv boshlanganligi to`g`risidagai ma`lumotlar "UzAuto Motors"ning rasmiy kanallarida e`lon qilinadi", - deyiladi kompaniya xabarida.






