AsosiyJamiyat

Endi ichimlik va oqova suv ta`minoti xususiylashtiriladi

'Endi ichimlik va oqova suv ta`minoti xususiylashtiriladi'ning rasmi

“Ichimlik suv ta`minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–343-son, 24.10.2023 y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko`ra, “O`zsuvta`minot” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024 yil 1 aprelgacha alohida yo`nalishlar bo`yicha quyidagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etiladi:

- hududiy magistral suv ta`minoti tashkilotlari;
- Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy ichimlik suv ta`minoti tashkilotlari.

2024 yil 1 yanvardan:

- ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to`lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi;

- yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yo`nalishidagi ob`ektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning to`liq qamrov darajasini inobatga olish talabi o`rnatiladi.

Qarorga ko`ra, 2024–2026 yillarda: 

- ichimlik suv ta`minoti og`ir bo`lgan jami 813 ta mahalla ichimlik suv bilan ta`minlanadi;
- 124 693 ta xonadonga ichimlik suv tarmoqlari uy xo`jaligigacha etkaziladi;
- 130 ta aholi yashash punktlarida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali ichimlik suv ta`minoti yo`lga qo`yiladi;
- 792 090 nafar iste`molchilar ichimlik suv uchun hisoblagichlar bilan ta`minlanadi.

2024 yil 1 iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Shirin, Yangier, Bekobod va Yangiyo`l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta`minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi. 

    Boshqa yangiliklar