AsosiyJinoyat

Andijonda 30 yoshli erkak o`zini osib qo`ydi (video)

'Andijonda 30 yoshli erkak o`zini osib qo`ydi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bir yigit ko`prikka o`zini osib qo`ygani aks etgan video tarqaldi. 

Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot ximati ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, hodisa 30 oktyabr kuni 12:00 larda Qo`rg`ontepa tumanida sodir bo`lgan. Xonobod shahrida yashagan 1993-yilda tug`ilgan erkak arqondan yasalgan sirtmoq orqali Qorasuv-Xonobod temir yo`l ko`prigiga o`zini osib, joniga qasd qilgan.
zini osib, joniga qasd qilgan.
Marhumning o`limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Erkakning oila a`zolaridan tushuntirish xatlari olinganida, 2 yil oldin turmush o`rtog`i bilan ajrashganligi sababli uning ruhiyatida o`zgarishlar kuzatilganligini, bir necha marotaba o`zini o`ldirishga harakat qilmoqchi bo`lganligini ma`lum qilishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar