AsosiyJamiyat

Endi fuqarolar 100 million so`mgacha bo`lgan tayyor zargarlik buyumlarini hujjat rasmiylashtirmay chet elga olib chiqishlari mumkin

'Endi fuqarolar 100 million so`mgacha bo`lgan tayyor zargarlik buyumlarini hujjat rasmiylashtirmay chet elga olib chiqishlari mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 oktyabrdagi PF-185 son Farmoni bilan ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Endi affinaj korxonalari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan:  

  • qimmatbaho metallarni ham tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo`lgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda
  • bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallarni ham tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo`lgan xomashyoni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni O`zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda

Jismoniy shaxslarga qiymati 100 million so`mgacha bo`lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo`lovchi bojxona deklarasiyasini to`ldirmasdan, 100 million so`m va undan ortiq bo`lganlarini yo`lovchi bojxona deklarasiyasi asosida O`zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar