AsosiyJamiyat

Soliq mobil ilovasida 5 millioninchi foydalanuvchi ro`yxatdan o`tdi

'Soliq mobil ilovasida 5 millioninchi foydalanuvchi ro`yxatdan o`tdi'ning rasmi

Yil davomida foydalanuvchilar soni 3 mln nafarga oshdi, deya xabar qilmoqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, ilovadan faol foydalanadigan fuqarolar soni 4,6 mln nafarni tashkil etadi.

Eng ommabop xizmatlar:

Xaridlar uchun keshbek

Ijara shartnomalarini ro`yxatga olish

O`zini o`zi band qilish

Soliqlarni to`lash

Soliq hamkor 

Ijtimoiy keshbek

Ish haqi ma`lumotlari 

Shuningdek Soliq mobil ilovasida:

- O`zbekiston bo`ylab sayohat qilib turizm uchun keshbek olish;

- Chet el fuqarolari  Tax free tizimi orqali xarid qilgan mahsulotlar uchun QQSni qaytarib olishi;

- Jismoniy shaxslar xonadonida quyosh paneli orqali ishlab chiqargan va yagona elektr energetika tizimiga uzatgan elektr energiyasi uchun budjetdan subsidiya olishi mumkin (Quyoshli xonadon xizmati)

    Boshqa yangiliklar