AsosiyJinoyat

Surxondaryodagi 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd. so`mlik zarar etkazildi

'Surxondaryodagi 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd. so`mlik zarar etkazildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd. so`mlik zarar etkazilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Xususan:  

-mil. avv. V–I asrlarga oid “Tallagan tepa” yodgorligining 40 m2 qismi kesib olinib, avtomobil yo`li o`tkazilishi oqibatida 888 mln. so`mlik;

-V–VIII asrlarga oid “G`o`rintepa” yodgorligining 200 m2 qismi buzilib, uy-joylar qurib yuborilishi oqibatida 4,7 mlrd. so`mlik;  

-I–IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligining 12 m2 qismi kesib olinib, hojatxona qurilganligi oqibatida 266 mln. so`mlik;

-V–VII asrlarga oid “Toshtepa” yodgorligining 56 m2 tuproqlari kesib olinib, molxona qurilganligi oqibatida 1,2 mlrd. so`mlik zarar etkazilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar