AsosiyJamiyat

UzAuto Motors ommabop mashinalar uchun shartnoma berishni boshladi

'UzAuto Motors ommabop mashinalar uchun shartnoma berishni boshladi'ning rasmi

UzAuto Motors ommabop modellar uchun shartnoma berishni boshladi.

Ma`lum qilinishicha, kompaniya o`z ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasida amalga oshirgan tizimli sa`y-harakatlari natijasida, oyiga 40 000 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha rekord ko`rsatkichga erishgan. Bu o`z navbatida, kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirgan.

Bugungi kunda xarid qilish uchun mavjud bo`lgan Chevrolet avtomobil modellari:

  • Damas va Labo
  • Cobalt
  • Onix
  • Tracker
  • Captiva-5
  • Malibu
  • Equinox
  • Traverse
  • Tahoe

“Shartnoma olishda Chevrolet dilerlik markazlarida yuzaga keladigan navbatlar va noqulayliklardan holi bo`lishni istasangiz, onlayn-servis xizmatlardan foydalanishingizni va faqat rasmiy ma`lumotlarga tayanishingizni  tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar