AsosiyJamiyat

Toshkentdagi korxonalardan birida yong`in sodir bo`ldi

'Toshkentdagi korxonalardan birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ishlab chiqarish korxonalarining birida yong`in sodir bo`ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat haqida xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 3 noyabr kuni soat 10:40 da tumandagi Jarqo`rg`on 3-berk ko`chasi 163-uyda joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong`in bo`layotgani to`g`risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, 8 ta yong`in-qutqaruv ekipaji hodisa ro`y bergan hududga soat 10:45 da etib borgan. Soat 11:24 da yong`in qurshab olingan va soat 11:54 batamom o`chirilgan.

Yong`in oqibatida fuqarolarni kuyish tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari to`g`risida xabar kelib tushmagan. 

“Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar