AsosiyJamiyat

Qozog`iston G`azo sektoriga yordam uchun 1 million dollar ajratadi

'Qozog`iston G`azo sektoriga yordam uchun 1 million dollar ajratadi'ning rasmi

Qozog`iston G`azo sektoriga bir million dollar mabalag` ajratadi. Bu haqda mamlakat rahbari Qosim-Jomart Toqaev ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, mablag`lar insonparvarlik yordami uchun yuboriladi. Shuningdek, Qozog`iston prezidenti muammolarni zo``avonlik va terrorchilik hujumlari orqali hal qilishni qoralab, mamlakatlar suvereniteti va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalarini hurmat qilishga chaqirdi.

“Bugun G`azo sektoridagi tinch aholi, ayniqsa, bolalar va qariyalar qarama-qarshilik qurboniga aylanmoqda. Asosiy vazifa - ularning xavfsizligini ta`minlash. Shu munosabat bilan men Falastin xalqiga 1 million dollar miqdorida insonparvarlik yordami ko`rsatishga qaror qildim”, — dedi Toqaev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida.

Bundan tashqari, Turkiy davlatlar tashkiloti tashqi ishlar vazirligi rahbarlari yig`ilishida Qozog`iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu G`azo sektorida tinch aholi uchun gumanitar yo`laklar ochishga chaqirdi.

Bugun, 3 noyabr kuni Qozog`iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti bo`lib o`tmoqda. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkiya va O`zbekiston kiradi. Turkmaniston va Vengriya esa kuzatuvchi davlatlar sifatida ishtirok etmoqda.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev G`azo sektori aholisiga yordam ko`rsatish uchun 1.5 mln dollar ajratish haqida qaror qabul qilgan.

    Boshqa yangiliklar