Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Chegara qo`shinlari bilan hamkorlikda Muzrabot tumani hududida nazorat reyd tadbirlari tashkil etildi.
Reydda "Bog`i eram" mahallasi hududida ikki nafar fuqaro qo`lbola tuzoq qo`ygan holda yovvoyi to`ng`iz ovlaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga 4 million 950 ming so`m zarar etkazilganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlarning har biri BHM 10 barobari — 3 million 300 ming so`m miqdorida jarimaga tortildi. Fuqarolar jarima va etkazilgan zararni to`laydigan bo`ldi.






