Darakchi. uz muxbiri quni kecha yakunlangan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning mamlakatimizga tashrifining ahamiyati haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Shahnoza Qodirova suhbatlashdi.
Emmanuel Makronning O`zbekistonga birinchi tashrifi qanchalik ahamiyatli?
Emmanuel Makronning mamlakatimizga kelishi 1994 yili Fransiya Prezidenti Fransua Mitteranning Toshkentga bo`lgan tashrifidan keyingi birinchi tashrif bo`ldi. Ammo rivojlanib borayotgan ko`pqirrali o`zbek-fransuz munosabatlari shuni ko`rsatmokdaki, aynan ikki davlat rahbarlari o`rtasidagi o`zaro ishonch va do`stlikka qurilgan aloqalar boshqa yo`nalishdagi hamkorlikni yangi sifat darajasiga olib chiqishga sezilarli turtki bo`lmokda.
Azaliy do`stona munosabatlarning yanada chuqurlashishi davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoevning 2018 yil va 2022 yillarda Fransiya davlatiga bo`lgan davlat tashriflarining samarador natijasi bo`lsa, kuni kecha Samarqandda bo`lgan ikki tomonlama sammit ularning mantiqiy davomi sifatida ko`riladi.
Jumladan tashrif natijasining eng ahamiyatli jihati bu – ko`pqirrali ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko`tarishga kelishib olindi. Bu davlatlar o`rtasida o`rnatilgan aloqalarning yuqori bir sifat nuqtasi hisoblanib, har sohada erishilgan yutuqlar ko`lami inobatga olingan holda ikki tomon o`zaro hayrixohligi asosida kelishiladi.
Ishonchimiz komilki tashrif davomidagi hzaro muloqot, imzolangan hujjatlar shundan dalolatki O`zbekiston Fransiya ikki tomonlama hamkorlik va do`stlik aloqalari yanada mustahkamlashda xizmat qiladi.
Oxirgi 29-yil ichida birinchi marta Fransiya Prezidenti O`zbekistonga keldi. Fransiyaning yurtimizga munosabati tanqidiy tusdan ijobiy tomonga o`zgardi. Buning asosiy sabablarini nimalarda ko`rasiz?
Darhaqiqat Fransiya Evropaning ayrim davlatlari qatorida O`zbekistonning tanqidchi mamlakatlaridan biri edi. Oxirgi 5-6 yillarda bu holat ijobiy tus olib, Fransiya tomonining O`zbekistonga qiziqishi ortib bormokda.
Bunga asosiy sabablarini yurtimizda olib borilayotgan ortga qaytmas ichki islohotlar siyosatining hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mintaqasida amalga oshirilayotgan yaxshi qo`shnichilik, tinchlikni ta`minlash va barqaror rivojlanishga qaratilgan oqilona siyosatning samarasi va e`tirofi deb bilaman.
Aynan shu siyosat hlaroq mamalakatimiz oxirgi yillarda ko`plab xalqaro doiralarda faol, dunyoning qator etakchi davlatlarining qiziqishi ortmoqda, o`zaro tashriflar faollashmokda. Hzbekiston jahon hamjamiyatida o`zining munosib o`rniga, ovoziga ega bo`lib, buni mustahkamlamokda.
O`z o`rnida Markaziy Osiyo mintaqasi o`zining geografik joylashuvi, strategik xom ashyo bazasi salohiyati, inson resurslari imkoniyatlari bilan dunyoda barqaror rivojlanib borayotgan hududga aylandi.
Aynan fransuz rahbari ham buni Samarqanddagi bayonotida ta`kidlab o`tdi. Uning so`zlariga ko`ra «O`zbekiston tomonining tashabbuslari bilan olib borilgan siyosat natijasi o`laroq oxirgi 7 yilda Markaziy Osiyo barqaror tinch va iqtisodi jadal sur`atlarda rivojalanayotgan hududga aylandi. Bu yulda rasmiy Parij sizni doim qo`llab quvvatlaydi va amaliy yordam ko`rsatadi». Dunyoning ilgor davlatlari qatorida bo`lgan Fransiyaning bunday e`tirofi yuksak ahamiyatga ega.
Qolaversa jahon hamjamiyatida kechayotgan murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar va xatarlar mamalakatlar birgalikda yanada yaqinrok harakat qilish va yangi imkoniyatlar izlashni taqozo etmoqda
Ikki prezident huzurida 8 ta shartnoma imzolandi. Bu biz uchun qanchalik ahamiyatli?
Imzolangan hujjatlar O`zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki ular ko`lami kengayib, yangi yo`nalishlarni qamrab olmoqda. Energetika, tog`-kon sanoati, suv ta`minoti, infratuzilmani rivojlantirish, transport, qishloq xo`jaligi, bank va moliya kabi sohalarda qator yirik loyihalar allaqachon o`zining natijasini ko`rsatayotgan bo`lsa, «yashil» iqtisodiyot, xomashyoni ilg`or texnologiyalar yordamida qayta ishlash, sanoat tovarlarini eksport qilish, uran konlarida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, qishloq xo`jaligida raqobatbardoshlikni oshirish kabi sohalarda hamkorlikni yo`lga qo`yishga kelishib olindi.
Bizga ma`lum Fransiya yuqorida sanab o`tilgan sohalarda nafaqat Evropada, balki dunyodagi eng ilgor davlatlardan hisoblanadi. Boy fransuz tajribasidan foydalanish va amalga tadbiq etishda O`zbekiston manfaatdor.
Buning oqibatida o`zbek iqtisodiyotini modernizasiya qilish, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksportga yo`naltirishni kengaytirishga erishish asosiy maqsadlardan biri.
Shunday ekan bu sa`i-harakatlar avvalo tadbirkorlarimiz, ishlab chiqaruvchi korxonalarimizni iqtisodiy salohiyatini oshiradi, imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu xalqimiz turmush farovonligi yuksalishi degani.
Shuni ta`kidlash lozimki nafaqat savdo iqtisodiy balki ta`lim va ilm-fan yo`nalishida ham ildamlanish kuzatilmoqda.
O`zbek yoshlari o`rtasida O.Balzak, Viktor Gyugo tilini o`rganishga bo`lgan qiziqish tobora ortmokda. Bugungi kunda ularning soni 200 mingdan ortiq.
Mazkur yunalishni yanada yuqori darajaga ko`tarishni maqsad qilgan holda Samarqandda bo`lib o`tgan sammitda fransuz alyansining Samarqand filiali tantanali ravishda ochildi. Undan tashqari maktabgacha, maktab, professional va oliy ta`lim sohasidagi hamkorlik bo`yicha bayonnoma imzolandi.
Ikki davlat o`rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida fikringiz....
Uzoq tarixga ega o`zbek-fransuz hamkorligining istiqbollarini yuqori baholayman. Bo`lib o`tgan sammit natijalari va uning doirasida imzolangan hujjatlar ko`lami Toshkent va Parij o`zaro hamkorlik va sheriklik munosabatlarini yangi sifat bosqichiga oshirishga bo`lgan maksadlarini yakdil va hamohang ekanligini tasdiqladi. Ko`rinib turibdiki, ikkala tomon ham o`zaro hamkorlikning aniq konturlari va ustuvor yo`nalishlariga ega.
Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, kelgusida eng muhim yo`nalishlardagi yanada yaqinroq va maqsadli hamkorlik nafaqat ikki tomonlama aloqalarda, balki Markaziy Osiyo va Evropa Ittifoqi davlatlari darajasida ham tobora kengayib borayotgan harakter kasb etadi.






