AsosiyJamiyat

Sirdaryoda mashinadan axlat uloqtirib ketgan fuqaro jarimaga tortildi

'Sirdaryoda mashinadan axlat uloqtirib ketgan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

Sirdaryoda o`rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasi orqali navbatdagi huquqbuzarlik aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishlari vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati Guliston shahri hududida fuqaro A.A. tomonidan noqonuniy joyga chiqindi tashlangan.Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan «Navbahor» MFY hududiga o`rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga muhrlandi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. A. A. BHMning bir barobari — 330 ming so`m miqdorida jarimaga tortildi.

Ma`lumot uchun, ayni damda Toshkent shahri hamda Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida onlayn kuzatuv kameralari faoliyat olib borilmoqda. Shuningdek, boshqa hududlarda ham shunday kameralar o`rnatish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar