Qashqadaryoda ikki kishining o`limiga sabab bo`lgan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda "darakchi.uz" manbasi xabar qilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 2023 yil 2 noyabr kuni soat 10:00larda Chiroqchi tumanida “HOVO” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotib qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, “Labo” rusumli avtomobil bilan to`qnashib, yon tomonga ag`darilib ketgan. Shundan so`ng, yuk mashina qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Nexia-1” rusumli avtomobilni bosib qolgan.
YTH oqibatida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 4 nafar fuqaro turli darajada tan-jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ayi paytda YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






