Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshqa lavozimga o`tishi munosabati bilan amaldagi lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Xabarlarga hokimlik matbuot kotibi oydinlik kiritdi.
Ushbu xabarlar asosga ega emasligini ma`lum qilamiz. Bu borada hech bir yig`ilish yoki rasmiy hujjatda so`z yuritilgani yo`q. Ayni daqiqalarda viloyat rahbari Shuhratbek Abdurahmonov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish va aholi muammolarini hal etish bo`yicha ish yuritmoqda. Barcha rejalar kun tartibi bo`yicha davom etmoqda", - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq ham Andijon viloyati hokimining ishdan olingani haqida xabarlar tarqalgan va rad etilgan edi.






