AsosiyJamiyat

Umra amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistonga borgan ikki nafar o`zbekistonliklar Dubayda qoldirib ketilganligi ma`lum bo`ldi

'Umra amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistonga borgan ikki nafar o`zbekistonliklar Dubayda qoldirib ketilganligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Bosh konsulxonasi va BAAdagi faol vatandoshlarimiz ko`magida ushbu mamlakatda mushkul ahvolda qolgan ikki nafar hamyurtimiz vatanga qaytarildi. Buhaqda  "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha,  O`zbekistonda ro`yxatdan o`tgan sayyohlik kompaniyasi vakillarining aldovlariga ishonib Umra amallarini ado etish uchun Saudiya Arabistoni tomon yo`lga chiqqan keksa yoshli T.N va  uning o`g`li T.B. Dubayda qoldirib ketilgan.

 Firibgarning tuzog`iga ilinganliklarini anglagan yurtdoshlarimiz  Bosh konsullikka O`zbekistonga qaytish uchun avia chipta hamda mehmonxona xarajatlarini qoplash yuzasidan murojaat qilishgan.

Yordamga muhtoj hamyurtlarimizga Dubay – Toshkent yo`nalishi bo`yicha avia chipta sotib olindi va mehmonxona pullari to`lab berildi. Ular 3 noyabr kuni O`zbekistonga kuzatib qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar