AsosiyJamiyat

Rossiyadan O`zbekistonga neft xomashyosi etkazib berish hajmini oshirish rejalashtirilgan

'Rossiyadan O`zbekistonga neft xomashyosi etkazib berish hajmini oshirish rejalashtirilgan'ning rasmi

2024 yilda Rossiya Federasiyasidan Qozog`iston Respublikasi hududi orqali O`zbekiston Respublikasiga neft xomashyosi etkazib berish hajmini 1 million tonnaga etkazish rejalashtirilmoqda. Bu 2023-yilning 3 noyabr kuni Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatda qayd etilgan. Bu haqda Energetika vazirligining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjatni Rossiya Federasiyasi Energetika vazirining birinchi o`rinbosari P.Sorokin, O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o`rinbosari A.Axmedxadjaev va Qozog`iston Respublikasi energetika vaziri o`rinbosari E.Akkenjenov imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, kelishuvni amalga oshirishda “Omsk – Pavlodar – Chimkent – Shagir” neft quvuri orqali yuk tashishni ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Shartnomada tomonlarning uzoq muddatli asosda 2024-yilda va keyingi yillarda neft xomashyosi etkazib berishni 1 million tonnaga etkazish bo`yicha tijorat shartnomalarini amalga oshirishda har tomonlama yordam ko`rsatishi belgilab qo`yilgan. Jumladan, neft xomashyosining o`zaro maqbul narxini kelishish hamda uning hajmini oshirishni hisobga olgan holda, tomonlarning mamlakatlari hududi bo`ylab neft xomashyosini to`liq hajmda to`sqinliksiz tashish ta`minlanadi.

Ushbu shartnoma quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga imkon beradi:

- joriy yilning 6-7-oktyabr kunlari bo`lib o`tgan muhokamalar chog`ida uch Davlat rahbarlari o`rtasida erishilgan kelishuvni tezkorlik bilan amalga oshirish;

- transport xarajatlarini hisobga olgan holda, temir yo`l orqali etkazib berishga nisbatan arzonroq bo`lgan neft quvurlari ta`minotini rivojlantirish;

- O`zbekiston Respublikasi hamda chegaradosh hududlarning neft quvurlari infratuzilmasini rivojlantirishga ko`maklashish;

- neft xomashyosi bilan barqaror ta`minlash va mamlakatimizda yuqori sifatli benzin hamda boshqa yoqilg`i-moylash materiallarini ishlab chiqarish hajmining oshishi munosabati bilan O`zbekistondagi neftni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan ikkita zavodning ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish;

- benzin ishlab chiqarishning ko`payishi O`zbekistonda yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`ini ham kengaytirish imkonini yaratadi. Bu esa xizmat ko`rsatish hamda yoqilg`i sotish geografiyasi bo`yicha aholiga sifat jihatidan yangi xizmatlar ko`rsatish imkonini beradi;

- Rossiya neft xomashyosining barqaror ta`minoti mavjud neftni qayta ishlash quvvatlarini modernizasiya qilishga, shuningdek, yangilarini qurish va yuqori qo`shimcha qiymatga ega eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradi.

    Boshqa yangiliklar