AsosiyJamiyat

O`zbekistonda barcha erlar yangi axborot tizimida hisobga olinadi

'O`zbekistonda barcha erlar yangi axborot tizimida hisobga olinadi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Er resurslarining holati bo`yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom “O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident qaroriga muvofiq qabul qilingan. U quyidagilarni nazarda tutadi:

- er hisobotini yuritish tartibini;
- er hisoboti shakllarini tasdiqlashni;
- er resurslarining holati bo`yicha milliy hisobotni shakllantirish va taqdim etish tartibini;
- er fondi toifalaridagi o`zgarishlarni hisobga olish tartibini.

Kadastr agentligiga 2024 yil 1 yanvarga qadar “Er hisobot” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (AAT) ishga tushirish hamda uni “E-qaror” elektron tizimi bilan integrasiya qilinishini ta`minlash topshirildi.

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi “Er hisobot” AAT operatori hisoblanadi. Er hisobotiga o`zgartirishlar kiritish, erlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o`tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Er hisobot” AATga kiritib boriladi.

    Boshqa yangiliklar