AsosiyJamiyat

Rossiyada noqonuniy migrantlarning turmush qurishiga taqiq qo`yilishi mumkin

'Rossiyada noqonuniy migrantlarning turmush qurishiga taqiq qo`yilishi mumkin'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi Migrasiya masalalari bosh boshqarmasi boshlig`i Valentina Kazakovaning ma`lum qilishicha, departament noqonuniy migrantlarning Rossiyada avtomashinalarini ro`yxatdan o`tkazish, bank hisob raqamlari ochish va nikoh qurishni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorlagan. Uning so`zlariga ko`ra, bunday qonun noqonuniy migrantlarni aniqlash va ularni Rossiya Federasiyasi hududidan "olib tashlash" imkonini beradi.

"Agar siz noqonuniy migrant bo`lsangiz, ushbu xizmatlardan foydalanish huquqiga ega bo`lmasligingiz kerak", degan Valentina Kazakova. Uning so`zlariga ko`ra, qonun loyihasi tez orada Davlat Dumasiga ko`rib chiqish uchun kiritiladi.

1 noyabr kuni Davlat Dumasiga qonun loyihasi kiritilgan. Unga ko`ra Rossiya fuqarolarining migrant turmush o`rtoqlari uchun vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma faqat bunday nikoh tuzilgan kundan boshlab ikki yil o`tgandan keyin berilishi kerak.

O`zgartirishlar mualliflari, shuningdek, ota-onalik huquqi yoki nikohi sud tomonidan bekor qilingan shaxslardan vaqtinchalik propiskani olib qo`yishni taklif qilmoqda. Yangiliklar soxta nikoh va farzand asrab olish amaliyotiga to`siq bo`lib, bu orqali migrantlar yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar