Misr hukumati tomonidan O`zbekiston uchun insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan S gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi turkumi Toshkentga jo`natildi.
Ushbu loyiha O`zbekiston Prezidentining Misrga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda mamlakatimiz rahbarining S Gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davlat hisobidan davolash bo`yicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
"Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi turkumini O`zbekistonga jo`natish bo`yicha kelishuv mamlakatimiz diplomatlarining Misr sog`likni saqlash vaziri bilan olib borgan samarali muzokaralari natijasidir.
Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositalarining o`n ettinchi partiyasi shu yil 4 noyabr kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi ko`magida Sharm ash-Shayxdan Toshkentga etkazib berildi.






