Bugun va ertaga O`zbekiston hududi iliq va biroz nam havo massalari ta`siri ostida bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Xabarga ko`ra, Respublika hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunduzi ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati 19-24° atrofida bo`ladi. Hafta o`rtasida havo o`zgaradi.
8 noyabrda O`zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 8 noyabrda hududning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. 9 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`ishi saqlanib turadi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda kuchli yomg`ir yog`adi. Baland tog`larda yomg`ir qorga aylanishi mumkin.
10 noyabrda respublikaning barcha hududlari bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi.
8-10 noyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
8-9 noyabrda harorat 13-18° iliqqacha asta-sekin pasayadi, 10 noyabrda 15-20° iliq bo`ladi. 10 noyabrga kelib, harorat kechasi 3-6° iliqqacha pasayadi.
Poytaxtimizda: 6-7 noyabr kunlari havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-23° iliq bo`ladi.
8 noyabrda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. 9 noyabrda kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. 10 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi.
8-9 noyabrda harorat 14-16° iliqqacha asta-sekin pasayadi, 10 noyabrda 16-18° iliq bo`ladi. 10 noyabrga harorat kechasi 3-6° iliqqacha pasayadi.






