Joriy yilning 5 noyabr kuni soat 20:30 larda Mirobod tumani Nukus ko`chasida 1984 yilda tug`ilgan erkak boshqaruvidagi Matizda yong`in sodir bo`lgan.
Ma`lum bo`lishicha, boshqarish vaqtida elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo`lgan.
Qayd etilishicha, yong`in oqibatida jabrlanganlar va halok bo`lganlar yo`q.
Mavjud vaziyat yuzasidan poytaxt IIBB YHXX va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas`ul xodimlari tomonidan dastlabki tekshiruvlar o`tkazilmoqda.






