AsosiyJamiyat

Rossiyada 2 oy oyliksiz ishlatilgan bir guruh o`zbekistonliklar vatanga qaytarildi

'Rossiyada 2 oy oyliksiz ishlatilgan bir guruh o`zbekistonliklar vatanga qaytarildi'ning rasmi

Rossiyaning Ural federal okrugida majburiy mehnatga jalb etilgan fuqarolar O`zbekistonga qaytarildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning oktyabr oyida O`zbekiston fuqarolari X.S., B.S., U.D Tashqi mehnat migrasiya agentligining Ekaterinburg shahridagi vakiliga murojaat qilib, Sverdlovsk viloyatidagi “Reftinskaya ptitsefabrika” korxonasi ish beruvchilari bir guruh shaxslarning fuqarolik pasportlarini olib qo`yganini hamda oylik maoshlarini bermasdan majburiy tarzda ishlatib kelayotganini ma`lum qilgan.

Olib borilgan surishtiruvlarga ko`ra, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Moskva viloyatida ro`yxatdan o`tgan "Konstanta" MChJ 100 nafardan ortiq o`zbekistonlikni Sverdlovsk viloyatidagi yirik tovuq etishtirish xo`jaligiga olib kelgan. Migrantlar Rossiyada vaqtincha bo`lish va ishlash huquqini beruvchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilmasdan ishga jalb etilgan. Ular 2 oy davomida oylik maoshlarini olmagan va ularning fuqarolik pasportlari tortib olingan

Korxona rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 53 nafar o`zbekistonlikning fuqarolik pasport olib berilishiga erishilgan va ularga O`zbekistonga etib olishi uchun ko`mak ko`rsatilgan. Qolganlar esa Ekaterinburg, Moskva va boshqa shaharlarida qonuniy tarzda o`z faoliyatlarini davom ettirish istaklarini bildirgan. 

    Boshqa yangiliklar