Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida 1 mlrd 403 mln so`mlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.
Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi 623 ta tadbirkorlik sub`ekti va fuqarolarda jami 52 689 dona 886,2 mln so`mlik aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo`yildi. Xususan:
- 560 ta tadbirkorlik sub`ektida 39 716 dona 750,8 mln so`mlik;
- 63 nafar fuqaroda 12 973 dona 135,4 mln so`mlik noqonuniy alkogol mahsuloti savdodan olindi.
Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi 360 ta tadbirkorlik sub`ektlari va fuqarolar tomonidan savdoga qo`yilgan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 46 970 quti 516,8 mln so`mlik tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi:
- 77 ta chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subektidagi 20 383 quti 255,5 mln so`mlik;
- 283 nafar fuqarodagi 26 587 quti 261,3 mln so`mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olindi.






