AsosiyJamiyat

7-17 noyabr kunlari Toshkent viloyatida "Xayr-ehson o`n kunligi" dekadasi o`tkaziladi

'7-17 noyabr kunlari Toshkent viloyatida "Xayr-ehson o`n kunligi" dekadasi o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning 7 noyabridan 17 noyabriga qadar viloyatda "Xayr-ehson dekadasi" hamda "O`zbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotining insonparvarlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash xayriya o`n kunligi" etib belgilandi.

Bu haqda, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaevning tegishli farmoyishi imzolandi.

Mazkur dekadani o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad – O`zbekiston Qizil yarim oy jamiyatini qo`llab-quvvatlash, favqulodda vaziyatlar yuz bergan holatlarda aholiga to`laqonli insonparvarlik ishlarini amalga oshirish hamda buning uchun homiylar tomonidan ixtiyoriy va beg`araz yordam ko`rsatish ishlarini tashkil qilishdan iboratdir.

    Boshqa yangiliklar