AsosiyJamiyat

Ta`til vaqti o`qituvchilar maktabda nima ish qiladi?

'Ta`til vaqti o`qituvchilar maktabda nima ish qiladi?'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, amaldagi Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko`ra xodim ichki mehnat tartib qoidalariga, smenalarga bo`linib ishlash (ish) jadvallariga, boshqa ichki hujjatlarga yoki mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq mehnat majburiyatlarini qaysi vaqt mobaynida bajarishi kerak bo`lsa, o`sha vaqt ish vaqtidir.

Pedagoglar maktabda dars bo`lmagan vaqtlarda pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma`muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi. Faqat topshiriq ham qonuniy bo`lishi kerak.

Ya`ni, xodimning ish vaqti ekan deb unga lavozim majburiyatlariga kirmaydigan vazifalarni yuklash, mehnat shartnomasi shartlarida ko`rsatilgan mehnat majburiyatlaridan tashqari vazifalarni bajarishga undash mumkin emas.

O`qituvchilar ta`til vaqtida ta`lim sifatini oshirish, o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ma`naviyatini yuksaltirish, bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog`liq dars mashg`ulotlaridan tashqari tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o`quvchilarning qobiliyat va iste`dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o`zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o`quvchilar bilan alohida mashg`ulotlar olib borishi hamda o`z ustida mustaqil ishlashi mumkin.

    Boshqa yangiliklar