“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-24° iliq bo`ladi.
Poytaxtda ertalab biroz yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-21° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° iliq bo`ladi.






