Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahrida 8-10 noyabr kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo`lib o`tadi.
Transport vazirligi xabariga ko`ra, tadbir ishtirokchilarining belgilangan manzillargacha harakatlanishi jarayonida, ayrim ko`chalarda avtomobillar harakati vaqtinchalik cheklanishi sababli, quyidagi yo`nalishlarda oraliq interval vaqtlari va qatnov vaqtlarining ortib ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin:
- Bobur ko`chasi orqali harakatlanuvchi 11, 40, 45, 47, 67, 76, 77, 94-sonli avtobus yo`nalishlarida;
-Nukus ko`chasi orqali harakatlanuvchi 2, 12, 80, 81, 97, 127, 196-sonli yo`nalishlarda;
-Oybek ko`chasi orqali harakatlanuvchi 57, 67-sonli yo`nalishlarda;
-Afrosiyob ko`chasi orqali harakatlanuvchi 13, 196-sonli yo`nalishlarda;
-Sh.Rashidov ko`chasi orqali harakatlanuvchi 30, 37, 57, 85, 97, 140-sonli yo`nalishlarda;
-I.Karimov ko`chasi orqali harakatlanuvchi 1, 19, 21, 51, 60, 67, 85-sonli yo`nalishlarda;
-A.Navoiy ko`chasi orqali harakatlanuvchi 28, 30, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 97, 115, 140-sonli yo`nalishlarda.
"Jamoat transportini tashkil etish bo`yicha vaqtinchalik o`zgarishlarni hisobga olgan holda Xalqaro Aeroportga borishni rejalashtirgan hamyurtlarimizdan o`z vaqtlarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya etamiz hamda keltirilgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz.
Zaruriyatdan kelib chiqqan holda, yo`lovlar tashish uzluksizligini ta`minlash maqsadida, yo`nalishlar harakatiga qo`shimcha o`zgartirishlar kiritilishi mumkinligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda.